5.3 KO‘PRIK QURILISHIDA KALENDAR REJALASHTIRISHNI RISK OMILLARINI HISOBGA OLIB ADAPTIV BOSHQARUV ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Mualliflar

  • Javlon Jumanazar o‘g‘li Zokirov, Anora Shuxratovna Abduvaliyeva Toshkent davlat transport universiteti

Abstrak

Mazkur maqolada ko‘priklar qurilishida kalendar rejalashtirishni risk omillarini hisobga olib adaptiv boshqaruv asosida takomillashtirish tahlil qilinadi. Bunda, kalendar rejalashtirishda vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va rejalashtirishdagi strategik, taktik va tezkor-qurilish turlari, qurilish-montaj ishlarining ketma-ketligi, resurslardan samarali foydalanish, kalendarning chiziqli va tarmoqli ko‘rinishi, ko‘prik qurilishidagi risk omillari va muddatlarni boshqarish usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturiy ta’minotlar yordamida tuzilgan grafiklar loyihadagi kutilmagan xavf-xatarlarni kamaytirish omili sifatida tadqiq etiladi.

Nashr qilingan

2026-03-07