6-5 INGLIZ VA O'ZBEK RAQAMLI DISKURSIDA VARVARIZMLARNING PRAGMATIK FUNKSIYALARI
Аннотация
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek raqamli diskursida qo‘llanilayotgan varvarizmlarning pragmatik funksiyalari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi raqamli kommunikatsiya jarayonida chet til birliklarining qo‘llanish sabablarini, ularning so‘zlovchining kommunikativ niyati va nutqiy strategiyasini ifodalashdagi o‘rnini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda ingliz va o‘zbek tillaridagi ijtimoiy tarmoqlar hamda boshqa raqamli platformalardan olingan til birliklari asosida varvarizmlarning ekspressiv, baholovchi, emotsional, identifikatsion, stilistik, humoristik va boshqa pragmatik funksiyalari tahlil qilinadi. Shuningdek, varvarizmlarning qo‘llanishida kontekst, kommunikativ vaziyat, auditoriya va so‘zlovchining nutqiy niyati kabi omillarning ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotda diskursiv, pragmatik, qiyosiy va kontekstual tahlil metodlaridan foydalaniladi. Tahlil natijalari raqamli diskursda varvarizmlar faqat nominativ vosita sifatida emas, balki muayyan kommunikativ ta’sirni yuzaga keltiruvchi pragmatik birlik sifatida ham faol qo‘llanishini ko‘rsatishga qaratilgan. Ingliz va o‘zbek raqamli diskursidagi varvarizmlarning umumiy va farqli jihatlarini aniqlash orqali ularning zamonaviy raqamli kommunikatsiyadagi lingvopragmatik xususiyatlari ochib beriladi.


