5.1 JAHON TAJRIBASIDA ARXITEKTURA OBYEKTLARINI ZAMONAVIYLASHTIRISH USULLARI
Abstract
Ushbu maqola arxitektura obyektlarini zamonaviylashtirishning jahon tajribasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada tarixiy yodgorliklar va zamonaviy arxitekturaviy binolarni modernizatsiya qilishning asosiy usullari, texnologiyalari va yondashuvlari tahlil qilingan. Rekonstruksiya, restavratsiya, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va barqaror rivojlanish tamoyillarining arxitektura obyektlarini zamonaviylashtirishdagi o‘rni ko‘rsatilgan. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning ilg‘or amaliyotlari, shu jumladan ekologik va energetik samaradorlikni oshirishga qaratilgan yondashuvlar ham muhokama qilingan.


