4.4 ODAM SKELETINING YOSHGA BOGʻLIQ ÒZGARISHLARI ANATOMIYA VA KLINIK AHAMIYATI
Keywords:
Skelet qarishi; suyak mineral zichligi; kortikal qavat; osteoporoz; osteoartrit; trabekula; umurtqa disk degeneratsiyasi; sinish xavfi; osteo-immun; klinik profilaktikaAbstract
Odam skeleti tug‘ilgan ondan boshlab qarilik davrigacha dinamik tarzda o‘zgaradi. Bolalik va o‘smirlikda tezkor o‘sish va piks suyak massasi yig‘ilishi kuzatiladi; 30 yoshlar atrofida maksimal zo‘riqishga chidamli tuzilma shakllanadi. Shundan keyin suyak remodellasiyasi katabolik yo‘nalishga og‘ib, kortikal qavat yupqalashadi, yo‘g‘onligi har o‘n yilda ≈ 13 % ga kamayadi, va mineral zichlik pasayadi. Umurtqa pog‘onasida disklar suyuqligi yo‘qotiladi, trabekulyar tarmoq siyraklashadi, bo‘g‘im yuzalari esa osteoartritik jarayonlarga moyil bo‘ladi. Ushbu morfologik o‘zgarishlar osteoporoz, patologik sinish, boylam-mushak disbalansi va umurtqa deformatsiyalari xavfini oshiradi. Tadqiqotlar skelet-immun «osteo-immun» o‘zaro ta’sirini, jinsiy gormonlar darajasini va hayot tarzi omillarini (ovqatlanish, jismoniy faollik) qarish sur’atiga ta’sir etuvchi asosiy determinantlar sifatida ko‘rsatadi. Yoshga bog‘liq skelet degradatsiyasini erta aniqlash va profilaktika qilish klinik amaliyotda singanlik ko‘rsatkichlarini kamaytirish, hayot sifati va farovon umr davomiyligini oshirishga xizmat qiladi.


